2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
35/6 kV kuchlanishli "Bog‘zor" podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda
  • 04.12.2025
  • 65

Bugun, 2025-yil 4-dekabr kuni soat 08:15 da Toshkent viloyatida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli "Bog‘zor" podstansiyasidagi T-2 transformatorda himoya tizimidan sodir bo‘lgan o‘chish natijasida Toshkent tumanining ayrim hududlari elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo’ldi.

 

Ayni paytda tezkor ta’mirlash brigadalari tomonidan nosozlikni bartaraf etish va ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda. Qisqa fursatda barcha nosozliklar bartaraf etilib, elektr ta’minoti to’liq tiklanadi.

 

⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so’raymiz.


❗️ 35/6 kV kuchlanishli "Bog‘zor" podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilib, soat 14:14 da T-1 transformatori kuchlanish ostiga qo‘yildi. 

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot