2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 110/6 kV kuchlanishli "Nasos-3" podstansiyasida profilaktik ishlar olib borildi
  • 09.12.2025
  • 46

"Namangan magistral elektr tarmoqlari" filialining malakali mutaxassislari tomonidan Chust tumanida joylashgan 110/6 kV kuchlanishli "Nasos-3" podstansiyasida rejalashtirilgan profilaktik ta'mirlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu ishlar hududdagi taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror  elektr energiyasini uzatishga xizmat qiladi.

⚙️ Ta'mirlash jarayonida quyidagilarga alohida e'tibor qaratildi va barcha texnik choralar sifatli tarzda bajarildi:

   ♦   T-2 transformatori va 6 kV 2-shinalar tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish.

   ♦   O‘chirgich va yacheyka (uyachalar)ni ta’mirlash.

   ♦   Dispetcherlik atamalari (nomlari)ni yangilash.

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!

https://t.me/NamanganMET_Axborot