

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/10/6 kV kuchlanishli “Nayman” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Ta’mirlash jarayonida 160-topshiriqnomaga asosan T-1 transformatorga qoʻshimcha moy quyish ishlar bajarildi.
✅ Shuningdek, podstansiyadagi asosiy uskunalar bo‘yoqlanib, ularning tashqi ko‘rinishi yangilandi. Bu esa nafaqat jihozlarning xizmat muddatini uzaytirish, balki obyektda mehnat xavfsizligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
⇒ Ishlar elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot