
✔️ Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Yana bir munavvar tongni qarshi olganingiz muborak bo‘lsin!
Bugun 10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
✍️ Ushbu Qonunning 2-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir”, deb belgilab qo‘yilgan.
✅ Ona vatanimiz madhiyasi hamisha g‘ururimiz, shonimiz ramzi bo‘lib, dillarda va tillarda baralla jarang sochsin.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati