
Qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqarganligi sababli quyidagi zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.
Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini (maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy ta’lim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bosh vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz.
Holat haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz va aholining talab hamda ehtiyojidan kelib chiqib, energetika tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda energetika tizimiga 35 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi va 9 ming megavatt yangi quvvatlar ishga tushirildi.
Natijada elektr ishlab chiqarish hajmi 2017-yildagi 60 milliard kilovatt-soatdan joriy yilda 85 milliard kilovatt-soatga yetdi. E’tiborli jihati, salkam 5 ming megavattli quyosh va shamol, 400 megavattli gidroelektr stansiyalar ishga tushirildi.
Joriy yil yanvar-noyabr oylari davomida yoqilg‘i energetika tarmog‘ida jami 8,8 mlrd. dollar xorijiy investitsiyalar, shundan elektr energetikasi bo‘yicha 6,3 mlrd. dollar, yashil energiya loyihalari bo‘yicha 4,7 mlrd. dollar, neft-gaz sohasi bo‘yicha 2,5 mlrd. dollar o‘zlashtirilgan.
Shu bilan birga, 2025-yilda umumiy qiymati 40,5 mlrd. dollarlik 58 ta yirik loyiha ishga tushirilishi belgilangan. Ulardan jami quvvati 1 413 MVt bo‘lgan 5 ta quyosh elektr stansiyasi, quvvati 752 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyasi, quvvati 168 MVt bo‘lgan 6 ta gidroelektr stansiyasi, quvvati 1167,3 MVt bo‘lgan 3 ta issiqlik elektr stansiyasi, quvvati 1245 MVt bo‘lgan 10 ta energiya saqlash qurilmasi ishga tushirildi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida hududlarda jami 787 km magistral, 29,5 ming km taqsimlovchi tarmoqlar, 9 ta magistral podstansiyadagi transformator, 10 270 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Shu jumladan, Toshkent shahri bo‘yicha jami 863,1 km. taqsimlovchi tarmoqlar, 1 ta magistral podstansiyadagi transformator, 670 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Bundan tashqari, 7,5 ming km. elektr tarmoqlari, 1 748 ta transformator punkti rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi.
Qayd etilganidek, respublika bo‘yicha 279 ta avariyaviy brigadalar tashkil etilib, ular uchun 224 ta avtotransport, 279 ta maxsus texnika biriktirilgan. Shuningdek, 3 591,4 km. quvurlarning ichki sirti tozalandi, 91 ta kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregatlari ta’mirlandi.
Bundan tashqari, iste’molchilarning gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 553,1 km. tarmoqlar, 971 ta gaz taqsimlash punkti mukammal ta’mirlandi, 50 195 ta gaz taqsimlash punktlari texnik taftishdan o‘tkazildi.
Deputatlar sohada yanada qulay investitsiya muhitini yaratish, elektr uzatish tarmoqlarini yaxshilash, aholi va tarmoqlarni kuz-qish mavsumida uzluksiz energiya bilan ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda davlat tomonidan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar bildirdi.
Xalq vakillari tomonidan energiya ta’minotidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, sohaga joriy etilayotgan yangiliklar, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Majlisda Energetika vaziri J. Mirzamahmudovning axboroti yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/18534
https://t.me/minenergy_uz/18535
https://t.me/minenergy_uz/18536
https://t.me/minenergy_uz/18537
https://t.me/minenergy_uz/18538
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati