2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
PORA OLISH JINOIY JAVOBGARLIKKA OLIB KELADI
  • 16.12.2025
  • 7

#Bilasizmi

❗️ PORA OLISH JINOIY JAVOBGARLIKKA OLIB KELADI

Jinoyat kodeksining 210-212-moddasiga asosan pora olish BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash, shuningdek 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

✔️ MAʼLUMOT O‘RNIDA:

2024-yilda ushbu modda bilan 196 nafar shaxs sudlanib, ularning 135 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 61 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan (jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va shartli hukm) jazolar tayinlangan.

Joriy yilning 11 oyi mobaynida mazkur moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 184 nafar shaxs sudlanib, ularning 114 nafari ozodlikdan mahrum qilingan hamda 70 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati