2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG’ONA VILOYATI:  “Sokin” podstansiyasida reja asosida modernizatsiya ishlari bajarildi
  • 17.12.2025
  • 52

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3284-sonli “Magistral elektr tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish doirasida muhim texnik ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi.

⚙️ Xususan, “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV “Sokin” podstansiyasida, OTQ-220 kV qismida joylashgan 220 kVli L-SL-1 yacheykasidagi R-OSH-220 kV ajratgichi, aloqa kondensatori hamda yuqori chastotali to‘siqlar zamonaviy va ishonchli yangi uskunalarga almashtirilib, belgilangan tartibda ishga tushirildi.

Amalga oshirilgan ishlar quyidagilarga  xizmat qiladi:

     ♦   elektr energiyasini uzatishdagi ishonchlilik va barqarorlikni oshirish:

     ♦   avariyaviy holatlarning oldini olish:

     ♦   taqsimlovchi tarmoqlarni barqaror elektr energiyasi bilan  ta’minlash.

Loyiha doirasidagi yangilanishlar magistral elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash va zamonaviy standartlarga moslashtirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga obuna bo’ling

https://t.me/FargonaMET_Axborot