2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: Zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi aholini issiqlik energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash imkonini beradi
  • 17.12.2025
  • 6

 

 

#intervyu #yangi_quvvatlar

Zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi aholini  issiqlik energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash imkonini beradi

Poytaxtda aholi va iqtisodiyot obyektlarini qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash maqsadida bir vaqtning o‘zida elektr va issiqlik ishlab chiqaradigan bir qator zamonaviy kogeneratsiya qurilmalari ishga tushirilmoqda.

Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazi hududida quvvati 100 MVt bo‘lgan mazkur loyiha ana shunday muhim tashabbuslardan biridir.

Markaz ishga tushirilishi natijasida yiliga 876 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 858 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, yiliga 35 million kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.

Endilikda poytaxtning Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulugʻbek va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan jami 1 ming 846 ta obyekt doimiy issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi. Ularning 1 ming 400 tasi aholi xonadoni, qolgan qismi esa ijtimoiy soha obyektlaridir. Shuningdek, 292 ming xonadonga elektr energiyasi barqaror yetkazib beriladi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/18602

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati