2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QASHQADARYO VILOYATI: Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining shayligi bo‘yicha manzilli o‘rganishlar olib borilmoqda
  • 18.12.2025
  • 49

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining tegishli buyrug‘i asosida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika sohasi obyektlari, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy fondining 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumida barqaror va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida hududlarda keng ko‘lamli o‘rganishlar amalga oshirilmoqda.

⚡️ Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi shifoxonalar, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining isitish tizimlari, elektr ta’minoti, energetika infratuzilmasi, xavfsizlik choralarining holati hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar sinchiklab ko‘rib chiqilmoqda.

Xususan, Energetika vazirligi mutaxassislari tomonidan har bir obyektning kuz-qish mavsumida barqaror ishlashi uchun zarur bo‘lgan jihozlar, zaxira quvvat manbalari, texnik xizmat ko‘rsatish ishlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining shayligi bo‘yicha manzilli o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

⚡️ O‘rganishlar davomida muassasalarning barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlanganlik darajasi, mavjud tarmoqlarning texnik ko‘rsatkichlari, transformator punktlari va kuchlanish tarmoqlarining holati ko‘zdan kechirilmoqda.

⇒  Shuningdek, isitish tizimlarining shayligi, mavjud qozonxonalar, ichki isitish tarmoqlari, issiqlik berish uskunalarining holati ham batafsil tahlil qilinmoqda.

✔️ Mazkur jarayonlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, aholiga va ijtimoiy soha muassasalariga xizmat ko‘rsatuvchi tizimlarning uzluksiz ishlashi uchun zarur choralar belgilab borilmoqda.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat 

❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI 

https://t.me/QashqadaryoMET