2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: 110 kV kuchlanishli podstansiyalarda muhim profilaktik amaliyotlar bajarildi
  • 19.12.2025
  • 9

⚙️ Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/6 kV kuchlanishli «Shabbaz» va 110/10 kV kuchlanishli «Berdaq» podstansiyalarida rejaga asosan T-2-110 kV, VT-2-35 kV, RVS-35 kV, T-1-110 kV, RVS-1-35 kV va  KRUN-I-СШ-6 kV elektr qurilmalarining izolyatsiyasini tekshirish ishlari olib borildi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

⇒ Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarildi.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot