
Andijon viloyati, Andijon shahri
✔️ Magistral elektr tarmoqlarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida amaliy mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda
Avvalroq ma’lum qilganimizdek, 2025-yil 1-dekabrdan 30-dekabrgacha barcha magistral elektr tarmoqlari filiallarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
⚡️Belgilangan reja-tadbirlar doirasida 220/35/10 kV kuchlanishli “Bobur” podstansiyasida favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati