
Bugun, 2025-yil 20-dekabr kuni soat 16:32da «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi “Shahrixon” podstansiyasidagi 10 kV yopiq taqsimlash qurilmasida yong‘ir sodir bo‘lgani tufayli, avtomatik himoya tizimi ishlashi natijasida “Oltin-vodiy” podstansiyasidan chiquvchi L-Segaza 110 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i himoya tizimidan o‘chgan edi.
⚡️ Natijada Andijon viloyatining Shahrixon hamda Bo‘ston tumani isteʼmolchilarining ayrim qismi hamda kichik tadbirkorlik subyektlari (umumiy 30 MVt quvvat) vaqtincha tarmoqda uzilgan.
⚙️ Ayni paytda masʼul xodimlar va navbatchi brigadalar tomonidan yong‘ir oqibatlari bartaraf etilmoqda, tarmoqdan vaqtincha uzilgan isteʼmolchilarga boshqa liniyalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda. Qisqa fursatlarda isteʼmolchilarga kuchlanish beriladi.
Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Ayni paytda “Shahrixon” podstansiyasidagi AT-1 transformatoriga kuchlanish berilib, ikkinchi transformatorning shikastlangan qismi ajratilib, kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati