2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
IS GAZIDAN EXTIYOT BO‘LING!
  • 20.12.2025
  • 22

❗️ Oʻzbekistonda kuz-qish mavsumi davom etayotgani munosabati bilan is gazi va yongʻin xavfidan ogohlantiramiz. Ulardan oʻzingizni himoya qilish uchun quyidagilarga rioya qilishni soʻrab qolamiz:

   ➖ nosoz, qoʻlbola isitish moslamalaridan foydalanmang;

   ➖ isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini koʻzdan kechiring;

   ➖ gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

   ➖ xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

   ➖ isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

   ➖ gaz uskunalarini rezina shlangalar orqali ulamang;

   ➖ tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

   ➖ isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang.

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati