2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida amaliy mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda
  • 30.12.2025
  • 40

✍️ 2025-yil 1–30-dekabr kunlari magistral elektr tarmoqlari filiallarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Shu jumladan, “Xorazm MET” filialida 220/110/10 kV kuchlanishli “Xorazm” podstansiyasida favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Mashg‘ulotda Xorazm viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasining Urganch shahar "Qutqaruv guruhi" qismi mutaxassislari faol ishtirok etdi.

⚡️ Amaliy mashg‘ulot 220/110/10 kV kuchlanishli “Xorazm” podstansiyasida yong‘in yuzaga kelganda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar tartibiga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida:
▪️ yong‘in sodir bo‘lgan holatdagi dastlabki harakatlar;
▪️yong‘inni o‘chirish texnikalaridan foydalanish;
▪️ jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi. 

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

❗️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/XorazmMET_Axborot