2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: «Bobotog‘-1» hamda «Bobotog‘-2» elektr uzatish tarmoqlarida profilaktika ishlari amalga oshirildi
  • 05.01.2026
  • 60

«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali Yuqori kuchlanishli havo tarmoqlariga xizmati ko‘rsatuvchi tajribali mutaxassislar tomonidan 110 kV kuchlanishli «Bobotog‘-1» hamda «Bobotog‘-2» havo tarmoqlarida keng ko‘lamliprofilaktika ishlari amalga oshirildi.

 ⁉️ Bu ishlar nima uchun muhim?

Nazorat tekshiruvi jarayonida tarmoqlarning ayrim tayanch ustunlari tarkibida mavjud bo‘lmagan (noma’lum shaxslar tomonidan yechib-kesib olingan) temir parchalar aniqlanib, ular qayta tiklandi. Sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berildi. Tayanch ustunlari mustahkamligiga putur yetkazgan shaxslar aniqlanib, qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi va yetkazilgan zarar sud qarori bilan undirib olinadi. 

⚡️ Shuningdek, ko‘rik davomida aniqlangan, tizim faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan nuqsonli izolyatorlar aniqlandi va zudlik bilan yangi, zamonaviy izolyatorlarga almashtirildi.

Bu profilaktik chora-tadbirlar:

♦Tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini oladi;
♦Elektr energiyasining sifatli va uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlaydi;
♦Eng asosiysi – xizmat ko‘rsatish xavfsizligini yuqori darajada ushlab turadi! 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialining

rasmiy telegram kanaliga a’zo bo‘ling! 

http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot