2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli “Pskent” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi
  • 05.01.2026
  • 59

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida Piskent tumanida joylashgan, “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli “Pskent” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Ta’mirlash jarayonida 10 kV kiruvchi qurilma hamda 35 kV moyli oʻchirgich qizigan birikmalari sozlandi.

⇒ Xususan, podstansiyadagi asosiy uskunalar bo‘yoqlanib, ularning tashqi ko‘rinishi yangilandi. Bu esa nafaqat jihozlarning xizmat muddatini uzaytirish, balki obyektda mehnat xavfsizligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

⚡️ Ishlar elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot