

Hurmatli “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati jamoasi!
Sizni va siz orqali oila a’zolaringizni kirib kelayotgan yangi — 2026-yil bilan muborakbod etaman!
Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman!
Mamlakatimiz energetika sohasi, shu jumladan elektr energetika tarmog‘ida ham ulkan islohotlar olib borilmoqda. Yurtimiz ravnaqi, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishi, xalqimiz baxt-u saodati, ona Vatanimizning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi xayrli ishlaringizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!
Bugungi rivojlanishga Siz kabi tajribali va jonkuyar insonlar tomonidan katta hissa qo‘shilmoqda. Aminmizki, Sizning ko‘p yillik tajribangiz, sharafli vazifangiz xalqimizning farovon hayoti uchun xizmat qiladi.
Yangi yilda barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini, ko‘tarinki va bayramona kayfiyat hamisha hamroh bo‘lishini tilayman!
Hurmat bilan,
A.A.Nazirov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi