2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
O‘zbekistonda 2025-yil yakunlari bo‘yicha kambag‘allik darajasi va aholi daromadlari tahlili (+infografika)
  • 31.12.2025
  • 49

Milliy statistika qo‘mitasi Jahon banki bilan hamkorlikda o‘tkazgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, 2025-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8 foizni tashkil etdi, bu 2024-yilga nisbatan 3,1 foiz punktga kam.

► Kambag‘allik darajasini hisoblash metodologiyasi Jahon Bankining tavsiyasiga ko‘ra 16 mingta uy xo‘jaliklari byudjetini o‘rganish asosida amalga oshiriladi.

Kambag‘allik dinamikasi:
⭕2023-yil — 14%dan 11%ga
⭕2024-yil — 8,9%
⭕2025-yil — 5,8%

 

Natijada 2025-yilda 302 ming oila kambag‘allik holatidan chiqarildi. Kambag‘allik darajasining pasayishi barcha hududlarda qayd etildi.

♦ Kambag‘allik darajasi shaharlarda ko‘proq qisqarib, 5,2% (2024-yilda — 8,6%), qishloq hududlarida esa 6,4% (2024-yilda — 9,2%) ni tashkil etdi.

♦ Hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda respublikada kambag‘al aholi soni 2,2 million nafarni tashkil qiladi.

Aholi daromadlari tarkibi 

Aholi jon boshiga o‘rtacha oylik daromadlar 2,6 mln so‘mni tashkil etib, uning tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar – 72,6%ga teng bo‘ldi.

Eksportchi korxonalar ishtirokida “Kompaniya – kooperativ – dehqon xo‘jaligi” tamoyili asosida 484 ta kooperativ tashkil etilib, ularga 15,7 ming nafar kambag‘al oila aʼzolari jalb qilindi

► Sayxunobod tajribasi bo‘yicha mahallalarda qiymati 18 trln so‘mlik 394 mingdan ortiq mikroloyihalar amalga oshirilib, bu orqali respublikada jami 809 ming kishining bandligi taʼminlandi.

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/55603

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati