
Hurmatli energetika sohasi xodimlari, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni kirib kelgan Yangi 2026-yil bilan chin dildan muborakbod etamiz.
O‘tgan 2025-yil davomida energetika sohasida salmoqli islohotlar amalga oshirilib, qator yirik loyihalar hayotga tatbiq etildi. Xususan, ishlab chiqarish quvvatlari bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda, shu bilan birga infratuzilma obyektlari yangilandi. Albatta, ushbu erishilgan natijalar muhim ahamiyat kasb etadi, biroq oldimizda hali bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, keng ko‘lamli rejalar va ulkan maqsadlar mavjud.
Yangi yilda ham Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi va sanoat korxonalarini energiya resurslari bilan barqaror hamda ishonchli ta’minlash bizning bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi.
Bu jarayonda sohada faoliyat yuritayotgan ko‘p ming sonli mutaxassislarning fidokorona mehnati bilan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanadi.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilalaringizga tinchlik va farovonlik tilaymiz.
Yangi yil muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Energetika vaziri J.Mirzamahmudov
Manba: https://t.me/minenergy_uz/18766
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati