

Bugun, 2025-yil 6-yanvar kuni “NOVA24 — LIVE” telegram kanalida “Qo‘yliq” podstansiyasidagi avariya tufayli qisqa muddatli elektr uzilishi yuz bergani haqida xabar eʼlon qilindi.
♦ Xabarning rus tilidagi mazmuni: “В аэропорту Ташкента из-за аварии на подстанции «Куйлюк» в 02:28 произошло кратковременное частичное отключение электроэнергии, залы вылета и прилёта работали от резервных источников питания: сбой не повлиял на приём и выпуск рейсов, электроснабжение полностью восстановили в 02:49.”
♦ Xabarning o‘zbek tilidagi tarjimasi: “Toshkent aeroportida soat 2:28 da “Qo‘yliq” podstansiyasidagi avariya tufayli qisqa muddatli elektr uzilishi yuz berdi. Uchish va qo‘nish zallari zaxira quvvat manbalarida ishlayotgan edi. Uzilish reyslarning kelishi yoki jo‘nab ketishiga ta‘sir qilmadi va soat 2:49 da elektr toki to‘liq tiklandi.”
Manbasi ko‘rsatilmagan mazkur xabarning manbasi O‘zbekiston aeroportlari faoliyatini yorituvchi “UZBEKISTAN AIRPORTS”da eʼlon qilingan xabar bo‘lib, unda “Qo‘yliq” podstansiyasidagi kichik nosozlik sodir bo‘lgani yoziladi.
Yuqoridagi xabarlar OAV hamda jamoatchilikda noto‘g‘ri talqin paydo bo‘lmasligi uchun,
RASMIY IZOH: Mahalliy vaqt bilan soat 2:28 da Toshkent aeroporti tasavvuridagi elektr qurilmasida (kabelda) sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tufayli aeroport elektr ta‘minotida qisqa muddatli uzilishi sodir bo‘lgan. Qisqa tutashuv “Qo‘yliq” podstansiyasidagi himoya tizimida qayd etilgan.
⇒ Maʼlumot uchun: Toshkent xalqaro aeroportining tashqi elektr taʼminoti normal sxemada “Qo‘yliq” PSdan chiquvchi 35 kVli 4 ta L-Aeroport-2,4,5 hamda “Toshkent IEM” dan chiquvchi 35 kVli L-Aeroport-1 kabel tarmoqlari orqali taʼminlangan.
Joriy yilning 2-yanvar kuni soat 10:20 da 35 kVli L-Aeroport-2,4 kabel tarmoqlari avariyaviy o‘chgan. 4 yanvar kuni soat 18:13 da L-Aeroport-2 tarmog‘i qayta ishga qo‘yilgan. Hozirda L-Aeroport-4 kabel tarmog‘i taʼmirda.
Shu bilan birga, 4-yanvar kuni soat 01:47 da 35 kVli L-Aeroport-1 kabel tarmog‘i avariyaviy o‘chgan. Mazkur tarmoq 5 yanvar kuni soat 17:27 da qayta ishga qo‘yilgan. Mazkur 35 kVli kabel tarmoqlari isteʼmolchi (Toshkent aeroporti) tasarrufida.
▶️ Batafsil
https://t.me/sputnikuzbek/60955
https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/55626
https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/55625
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati