2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: “Umid” podstansiyasida profilaktika ishlari amalga oshirildi
  • 06.01.2026
  • 38

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi, Xovos tumanida joylashgan 110/10/6 kV kuchlanishli “Umid” podstansiyasida belgilangan reja asosida profilaktika ishlari bajarildi.

⚙️ Xususan, podstansiyadagi quvvati 6 300 kVA bo‘lgan T-1 kuch transformatori ko‘zdan kechirilib, aniqlangan moy sizib chiqishi holati to‘liq bartaraf etildi. Mutaxassislar tomonidan transformatorning texnik holati tekshirilib, ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan zarur choralar ko‘rildi.

⚡️ Mazkur ta’mirlash ishlari elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, uskuna va jihozlarning sifatli ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot