
Bugun soat 07;15 da Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 110/35/10 kuchlanishli "Qo‘ng‘irod" podstansiyasidan chiquvchi L-Tuley-2-110 kV elektr uzatish tarmog‘i (Urgenchtransgaz tasarrufida) 6 MVt quvvat bilan avariyali o‘chgan. Natijada 35 kV kuchlanishli "Jasliq" podstansiyasi kuchlanishsiz qolgan.
Isteʼmolchilar: Urgenchtrangaz, Qo‘ng‘irod tumanining Jasliq qo‘rg‘oni aholisi (xonadon soni 1045 ta).
Hozirda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Tez fursatda elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi.
Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
“Aqcholaq” podstansiyasiga kuchlanish berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: soat 11:52 da 110/35/10 kV kuchlanishli “Qo‘ng‘irad” podstansiyasidan chiquvchi L-Tuley-1-110 kV elektr uzatish tarmog‘ining ( (Urgenchtransgaz korxonasi tasarrufida) 305-sonli tayanch ustunidagi shleyf ajratilib, “Aqcholaq” podstansiyasiga kuchlanish berildi.
Hozirgi vaqtda vaqtincha “Tuley” hamda “KS-7” podstansiyalar kuchlanishsiz qolmoqda.
Isteʼmolchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati