

“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi tomonidan 110/10/6 kV kuchlanishli "Sohil"podstansiyasida tungi ko‘rik ishlari amalga oshirildi.
⚡️ Nazorat ko‘rik davomida elektr uskunalarining texnik holati, yuklama darajasi hamda xavfsiz ishlash ko‘rsatkichlari ko‘zdan kechirildi. Zarur bo‘lgan joylarda tegishli ko‘rsatmalar berildi. Navbatchi brigadalarning favqulodda holatlarga shayligi sinovdan o‘tkazildi.
⇒ Ushbu tadbirlar elektr ta’minotining barqarorligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, nazorat ishlari rejali ravishda davom ettirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI