2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
JIZZAX VILOYATI: Isteʼmolchilarga 110 kV L-Zomin liniyasi orqali kuchlanish berildi
  • 13.01.2026
  • 9

Bugun soat 15:18 da “DNS-2” podstansiyasidan chiquvchi L-110 DNS-3-1 elektr uzatish tarmog‘i 40 MVt quvvat bilan  (himoya tizimi ishlashi oqibatida) avariyaviy o‘chdi.

Buning natijasida Zarbdor, Zomin, Yangiobod tumanlarining ayrim hududlaridagi aholi xonadonlari hamda kichik ishlab chiqarish obyektlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatildi. Ayni paytda o‘chish sabablari aniqlanmoqda.

Nosozlik tez fursatda bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklanadi.

Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Soat 15:57 da L-DNS-3-1 elektr uzatish tarmog‘i orqali taʼminlangan isteʼmolchilarga 110 kV L-Zomin liniyasi orqali kuchlanish berildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati