
Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi
⇒ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173 son farmoni bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir o‘tkaziladi.
✅ Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:
1 bosqich 15-31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.
2 bosqich 4-28-fevral
“Mahalla yettiligi” aʼzolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
❗️Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
❗️Savolnomadagi maʼlumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
Savolnoma tarkibi
Jami savollar soni: 71 ta
Aholiga oid: 54 ta
Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta
✅ Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini taʼminlaydi.
Shaxsiy maʼlumotingizni firibgarlarga bermang – onlayn ro‘yxatdan o‘ting!
♦ Hurmatli fuqarolar! Ayni kunlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:1-bosqichda 15-31-yanvar kunlari yaʼni, 17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.2-bosqichda 4-28-fevral kunlari “Mahalla yettiligi” aʼzolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
► Ogoh bo‘ling! Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish faqat “Mahalla yettiligi” aʼzolari tomonidan o‘tkaziladi. Bunda fuqarolardan hech qanday SMS-kod yoki pul mablag‘lari so‘ralmaydi.
Shaxsiy maʼlumotlar telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali so‘ralmaydi, onlayn ro‘yxatdan o‘tishda maxsus ishlab chiqilgan yagona rasmiy platforma orqali belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tish savolnomasini to‘ldirasiz.
“Mahalla yettiligi” aʼzolari o‘z mahallasida belgilangan muddatda ro‘yxatga olish tadbirini ifodalovchi maxsus beydjikda va eng muhimi maxsus ishlab chiqilgan yagona rasmiy platforma census.stat.uz sayti orqali sizning maʼlumotlaringizni xavfsiz maʼlumotlar bazasiga yuboradi.
Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi va boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati