

⚡️ Xorazm viloyati hududida so‘nggi kunlarda kuzatilgan qorli va sovuq ob-havo sharoitlaridan so‘ng elektr energetika obyektlarining uzluksiz hamda ishonchli faoliyatini ta’minlash maqsadida podstansiyalarda mavsumiy profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda.
✅ Xususan, 220/110/10 kV kuchlanishli “Xorazm” podstansiyasida kabel kanallarining ustki qismi muzlama hosil bo‘lmasligi uchun qordan tozalanib, uskunalarning xavfsiz va barqaror ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Mazkur ishlar elektr tarmoqlari barqarorligini saqlash va avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali