2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
2025-yil SARHISOBI: Yagona elektr energetika tizimiga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda (10-sonli)
  • 26.01.2026
  • 54

Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasida hozirgi kunda 6 nafar ishchi xodim va bir nafar boshqarma boshlig‘i mehnat faoliyati yuritmoqda.

 

Boshqarmaning bugungi kundagi vazifalariga 35–500 kV kuchlanishli podstansiyalar va tarmoqlarning raqamli modelini DIgSILENT PowerFactory dasturiy ta’minotida tizimdagi o‘zgarishlarni inobatga olib o‘zgartirib borish; yangi ishga tushirilayotgan stansiyalarning tarmoqqa ulanishi yuzasidan tadqiqotlari natijalari bo‘yicha hisobotlarni tekshirish va kelishish; energetika tizimiga ulanish uchun generatsiya obyektlariga texnik shartlar ishlab chiqish va taqdim qilish; doimiy ravishda Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi tarmoqlar va podstansiyalardagi transformatorlarning yuklanganliklarini tahlil qilish va zaruriy hollarda o‘ta yuklangan yoki o‘ta yuklanishga yaqin ishlayotgan tarmoqlar va transformatorlarni katta quvvatlisiga o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni rahbariyatga kiritish; stansiyalarning tizimga ulanishi yuzasidan investorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish va rasmiy hamda ishchi tartibdagi uchrashuvlarda ishtirok etish; tizimda yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha dunyo tajribasini o‘rganish va tatbiq qilish yuzasidan takliflari ishlab chiqish kabi vazifalar kiradi.

 

O‘tgan 2025-yilda boshqarma xodimlari tomonidan Davlat-Xususiy sherikchilik (DXSH) loyihalari doirasidagi 29 ta loyihaning ulanish taqdqiqotlari hisobotlari ko‘rib chiqilib kelishildi va jami 14 ta loyihaga magistral elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar taqdim qilindi.

 

Shuningdek o‘tgan yil so‘nggida DXSH loyihalari doirasida Energetika tizimida jami 21 ta 4.727 milliard dollarlik umumiy quvvati 4 479 MW (5 ta QFES – 1413 MW, 4 ta SHES – 752 MW, 3 ta IES – 1167 MW va 9 ta ESABT – 1147 MW) bo‘lgan loyihalar ishga tushirildi. Bundan tashqari, 5.4 milliard dollarlik 22 ta loyiha qurilishi boshlanishiga start berildi.

 

Shuningdek, DXSH loyihalari doirasida 9 ta umumiy uzunligi 192 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishli tarmoqlar va umumiy quvvati 400 MVA bo‘lgan 1 ta 220 kV kuchlanishli podstansiya qurib ishga kiritildi.

 

2024-yil so‘nggida esa DXSH loyihalari doirasida Energetika tizimida 18 ta 3.5 milliard dollarlik umumiy quvvati 2663 MW bo‘lgan shamol, quyosh va issiqlik elektr stansiyalari loyihalari ishga tushirilgan va 6 ta obyektning qurilishi boshlanishiga start berilgan edi. Shuningdek, jami quvvati 300 MVt /600 MVt•soat bo‘lgan dastlabki 2 ta energiya saqlovchi akkumulyator batareyalari tizimi ishga tushirilgan edi.

 

2024-yilda DXSH loyihalari doirasida jami 4 ta 220 va 500 kV kuchlanishli podstansiyalar va umumiy uzunligi 290 km bo‘lgan 500 kV kuchlanishli tarmoqlar ishga tushirilgan.

 

Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi xodimlari ushbu loyihalarni ishga tushirish muddatlariga qadar loyihani o‘z vaqtida va ishonchli ishga tushirilishini ta’minlash uchun investor kompaniyalar bilan hamkorlikda ishladilar.

 

Boburjon Murodov, Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati