2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Jizzax viloyati: L-Qo‘ytosh-1 elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 24.01.2026
  • 11

Bugun soat 15:45 da Jizzax viloyatida 35 kV kuchlanishli  L-Qo‘ytosh-1 elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chdi.

Natijada G‘allaorol tumanining ayrim isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilar boshqa manbadan taʼminlanish choralari ko‘rilmoqda. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Kecha soat 20:01 da Jizzax viloyatidagi 35 kV kuchlanishli L-Qo‘ytosh-1 elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklangan edi. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz. 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati