

Bugun, 2026-yil 27-yanvar kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filialida rahbar va xodimlarga tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda bu kabi salbiy illatga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, qonun buzilish holatlariga chek qo‘yish maqsadida mas’ul xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
✔️ Ushbu tadbirda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Muvofiqlik tizimi komplaens xizmati boshlig‘i Alisher Raxmonov hamda xizmat xodimi Zokir Xakimov ishtirok etdi. Targ‘ibot tadbirini "Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori O‘tkir Ahmedov olib bordi.
Tadbirda sohada noqonuniy xatti-harakatlarga barham berish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, xodimlarda poklik, halollik, shaffoflik va qonunchilikka qat’iy rioya etish madaniyatini shakllantirish hamda ish faoliyati davomida xodimlar o‘rtasida maishiy korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️ Tadbir yakunida korrupsiyaning nafaqat davlat va jamiyat, balki har bir fuqaro hayotiga moddiy hamda ma’naviy zarar yetkazishi ta’kidlanib, bunday salbiy holatlarni oldini olishda har bir rahbar va xodimning shaxsiy mas’uliyati ekanligi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5641. Shu bilan birga, alohida telegram kanal va uning bot (muhokama) guruhi ochilgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot