2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 500/220/10 kV kuchlanishli “So‘g‘diyona” podstansiyasida profilaktik nazorat ishlar olib borildi
  • 30.01.2026
  • 128

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi  500/220/10 kV kuchlanishli “So‘g‘diyona” podstansiyasida profilaktik nazorat ishlar bajarildi. Jumladan, energetika obyektida isitish tizimining holati, shuningdek, izolyasiya talablariga zid holatlar ehtimoli mavjud bo‘lgan joylar atroflicha ko‘zdan kechirilib, profilaktik ta’mirlash ishlari olib borildi.

Ushbu tadbirlar sovuq ob-havo sharoitida elektr uskunalarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

Ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda bajarilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot