
Energetika vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Dildora Xashimova 29-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Kecha, 29-yanvar kuni elektr stansiyalari orqali jami 277,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Respublika iste’molchilariga 249,7 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi.
Tabiiy gaz iste’moli 145,2 mln kub metrni tashkil qildi. Havo harorati pasayganlgi sababli, birinchi navbatda aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga maxsus texnikalar va jamoat transportlari uchun 1,1 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi.
2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi. Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga 2 ming 100 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hududlardagi gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi suyultirilgan gaz zaxirasi 100 tonnaga oshib, 7,7 ming tonnaga yetdi.
Avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, 29-yanvar kuni birja savdolariga jami 13 ming 360 tonna avtobenzin va 15 ming 104 tonna dizel yonilg‘isi chiqarilib, shundan 5 ming 501 tonna benzin va 2 ming 845 tonna dizel yonilg‘isi sotilgan.
Shuningdek, birja savdolariga 2 ming 120 tonna suyultirilgan gaz chiqarilgan va 2 ming 60 tonna hajmda sotilgan.
Kecha elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 2 ta nosozlik avariya brigadalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Tizimda 24/7 rejimida kuchaytirilgan tartibda ish olib borilmoqda.
Elektr va gaz ta’minoti korxonalarida jami 1 ming 479 ta maxsus brigada tashkil etilgan, ushbu brigadalar tarkibida 7 ming 596 nafar ishchi-xodim joylarda kechayu kunduz faoliyat yuritib bormoqda.
Qorli kunlar bo‘lsa ham, uyingizda iliqlik va xotirjamlik hukm sursin, aziz yurtdoshlar! Biz esa siz uchun doimo xizmatdamiz.
Manba: https://gov.uz/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati