

2025-yil davomida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅ Unda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati mutaxassislari ishtirok etib, hisobot davrida amalga oshirlgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berdi.
Ma’lumot o‘rnida: «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5641. Shu bilan birga, alohida telegram kanal va uning bot (muhokama) guruhi ochilgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati