

Energiya resurslarini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha qaror loyihasi muhokama qilindi
Energetika vazirligida 2026-yilda energiya resurslarini iqtisod qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejamkor qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan qaror loyihasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, Bosh prokuratura, “O‘zenergoinspeksiya” va “O‘ztransgaz” AJ rahbarlari ishtirok etishdi.
Energiya resurslarini iqtisod qilish, muqobil energiya manbalari hamda tejamkor qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni qayta ko‘rib chiqish maqsadida Ishchi guruh tuzilib, aniq vazifalar belgilab olindi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/19052
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati