2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Tarmoq ilmiy-texnik kengashi
Aksiyadorlik jamiyatida Jahon banki mablag‘lari hisobidan malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi
  • 02.02.2026
  • 46

“O‘zbekiston MET” AJ xodimlarining kasbiy bilim-ko‘nikmalarini oshirish, ularni xorijiy tajriba bilan tanishtirish hamda zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirish maqsadida 2026-yil 12-yanvardan 31-yanvarga qadar Aksiyadorlik jamiyatning 30 nafar mutaxassisi hamda Toshkent davlat Texnika universitetining 4 nafar professor-o‘qituvchlarisi uchun Jahon banki mablag‘lari hisobidan “Raqamli podstansiyalarda himoya va boshqaruv tizimlarini ishga tushirish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish” mavzusi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

✔️ O‘quv jarayonida ishtirokchilar zamonaviy raqamli podstansiyalarning afzalliklari, asosiy qurilmalari, elektr uskunalari, RHA qurilmalari bilan ishlash, optik tolali aloqa orqali signal almashish hamda “PCS Studio” dasturi yordamida NR turidagi RHA terminallarini sozlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur malaka oshirish o‘quv kurslari natijasida Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarni modernizatsiya qilish, ularni raqamli podstansiyalarga aylantirish hamda yangi raqamli podstansiyalarni qurish jarayonlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlandi.

⚡️ O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlar raqamli podstansiyalar ishga tushirilganda o‘rnatilgan RHA qurilmalarini ekspluatatsiya qilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Bu esa Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida ishonchlilik, xavfsizlik va samaradorlikning oshishiga xizmat qiladi.

Malaka oshirish kursida ishtirok etgan mutaxassislarga belgilangan tartibda sertifikatlar topshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati