

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari Podstansiyalar xizmati Chortoq ustachilik bo‘lagi mutaxassislari tomonidan Chortoq tumanida joylashgan 110/6 kV kuchlanishli “Qorabog‘-2” podstansiyasida reja asosida muhim profilaktika va sinov ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Mazkur tadbirlar doirasida T-1 transformatori hamda OD-KZ 110 kV 1-shinalar tizimida texnik ko‘rik, sinov va sozlash ishlari bajarilib, uskunalarning ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️ O‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida avariya holatlarining oldini olish, elektr ta’minotining barqarorligi va xavfsizligini oshirish maqsad qilingan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!