2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
AXBOROT XIZMATI: Aksiyadorlik jamiyatining 2025-yilgi faoliyati yuzasidan eʼlon qilingan «Yil SARHISOBI» rukni ostidagi hisobot-maʼlumotnomalar davom etmoqda
  • 03.02.2026
  • 94

✔️ AXBOROT XIZMATI: Aksiyadorlik jamiyatining 2025-yilgi faoliyati  yuzasidan eʼlon qilingan «Yil SARHISOBI» rukni ostidagi hisobot-maʼlumotnomalar davom etmoqda
 
✍️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati Aksiyadorlik jamiyatining 2025-yilgi faoliyati yuzasidan eʼlon qilgan «YIL SARHISOBI» rukni ostida OAV hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etilgan hisobot-maʼlumotnomalar davom etayotganini maʼlum qiladi.

⚡️ «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari  barqaror faoliyat yuritmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga tegishli masalalarga zudlik bilan munosabat bildirilib, tegishli tartibda tahliliy maqola, bayonot, xabar va ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.

⚙️ Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj, ta’mirlash-sozlash ishlari, investitsion loyihalarning bajarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi amaliyotlar keng jamoatchilik e’tiboriga yoritib borilmoqda.

⇒ «2025-yil SARHISOBI» rukni orqali e’lon qilingan hisobotlar bilan tanishing:

2025-yil SARHISOBI: AXBOROT XIZMATI HISOBOTI — 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar qisqa satrlarda (1-sonli) / ✍️ Ulug‘bek Urunov, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi ✔️Ўзбекча 

2025-yil SARHISOBI: Korporativ boshqaruv prinsiplari asosida boshqarishga oid amaliyotlar hisobot-maʼlumotnomasi (2-sonli)/ ✍️ Yodgor Mannapov, Korporativ munosabatlar va aktivlar bo‘limi boshlig‘i ✔️Ўзбекча 

2025-yil SARHISOBI: Axborot xizmati tomonidan qayd etilgan murojaatlar va ularga berilgan rasmiy munosabat (murojaatchilarga yuborilgan javoblar) /3-sonli/ ✍️ Ulug‘bek Urunov, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi ✔️Ўзбекча 

2025-yil SARHISOBI: Yuqori tashkilotlardan va turli idora-korxonalardan kelib tushgan 2278 ta hamda turli tashkilotlardan yuborilgan 16040 ta hujjatlar o‘z vaqtida rahbar va ijrochi xodimlarga yetkazilishi taʼminlandi (4-sonli)✍️ Maysara Mirzaraimova, Ishlarni yuritish va xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i ✔️Ўзбекча 

2025-yil SARHISOBI: 2030-yilgacha mo‘ljallangan raqamli strategiya dasturi, korxonaning maqsadli IT-arxitekturasi va IT loyihalar portfeli ishlab chiqildi (5-sonli)✍️ Bahrom Mavlonov, Transformatsiyani amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi boshlig‘i ✔️Ўзбекча

Nazorat va monitoring qilish hamda masofadan turib boshqarish maqsadida 1065 dona aqlli videokuzatuv qurilmalari o‘rnatildi (6-sonli)✍️ Adizbek Shodiyev, Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ✔️Ўзбекча 

2025-yil SARHISOBI: Elektr qurilmalari barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi to‘liq bajarildi (7-sonli)✍️ Shamsiddin Kulibayev, Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi boshlig‘i ✔️Ўзбекча 

2025-yil SARHISOBI: Ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoki davolanishi ehtiyoji yuzaga kelgan 490 ga yaqin xodimlarga kasaba uyushmasidan moddiy yordamlar ko‘rsatildi (8-sonli)✍️ Nodira Xidirova, Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi ✔️Ўзбекча 

2025-yil SARHISOBI: Magistral elektr tarmoqlarda olib borilgan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlari muvofiqlashtirilib borildi (9-sonli) ✍️ Zafar Usmonov, Kapital qurilishboshqarmasi boshlig‘i ✔️Ўзбекча 

2025-yil SARHISOBI: Yagona elektr energetika tizimiga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda (10-sonli)✍️ Boburjon Murodov, Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i ✔️Ўзбекча 

► Eslatib o‘tamiz, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»ги O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda boshqa huquqiy-normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hisobot-ma’lumotnomalar 2026-yil 15-fevral sanasigacha davom etadi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati