2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Navoiy viloyati: L-Keriz elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 06.02.2026
  • 32

Bugun soat 09:00 da Navoiy viloyatidagi “Tomdibuloq” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli L-Keriz elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimidan favqulodda o‘chdi.

Natijada Tomdi tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 09:00 da 35 kV kuchlanishli L-Keriz elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati