

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialining Podstansiyalar xizmati Norin–Uychqo‘rg‘on bo‘lagi mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “To‘da” podstansiyasida rejali profilaktika va texnik ko‘rik ishlari olib borildi.
⚙️ Mazkur tadbir davomida T-4 transformatori 10 kV chiqish “B” fazasi hamda VT-4 35 kV chiqish “S” fazasida qizigan kontaktlar aniqlanib, ular to‘liq bartaraf etildi. Shundan so‘ng, uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida zarur sinov ishlari o‘tkazildi.
⚡️ O‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida avariya holatlarining oldini olish, elektr ta’minotining barqarorligi va xavfsizligini oshirish maqsad qilingan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!