
Bugun, 2026-yil 18-fevral kuni soat 07:00 dan 18:00 gacha Toshkent viloyatida hududidagi 110 kV kuchlanishli L-19-S va L-S-D elektr uzatish havo tarmoqlari tezkor bajarilishi lozim bo‘lgan o‘rnatish-sozlash ishini xavfsiz tashkil qilish uchun o‘chirildi.
Toshkent shahri isteʼmolchilarining elektr taʼminoyatini yaxshilash, ishonliligini oshirish maqsadida “Halqa” podstansiyasi bilan “Keles” podstansiyasini bog‘lovchi 220 kV elektr uzatish havo tarmog‘ining 110 kV tarmoqlari bilan kesishgan qismida qurilish-montaj brigadalari uchun xavfsiz mehnat sharoiti yaratilgan va tarmoqlar vaqtincha o‘chirilgan.
Yuqorida qayd etilgan vaqt oralig‘ida, ayniqsa elektr energiyasi isteʼmol hajmi oshganida Toshkent viloyati Zangiota tumani ayrim hududlari isteʼmolchilarining elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi qurilish-montaj ishlari olib borilayotganda isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ko‘riladi va ayni paytda mazkur hudud isteʼmolchilariga elektr energiyasi barqaror yetkazib berish choralari ko‘rilgan.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati