
Bugun, 2026-yil 24-fevral kuni Aksiyadorlik jamiyatining maʼmuriy binosida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi A.A.Nazirov fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
✍️ Qabul davomida Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi, Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi, Yuridik boshqarma va «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialidan mutaxassislar, shuningdek, Axborot xizmati hamda murojaatlar bilan ishlashga masʼul boshqarma vakillari ishtirok etishdi.
???? Murojaatchilarga bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish tartibi va nomzodlar bilim-malakasi borasida qo‘yiladigan talablar, shu bilan birga, elektr tarmoqlari muhofaza zonasi, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining amalga oshirish tartibi hamda bosqichlari haqida maʼlumotlar taqdim etildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati