2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
NAMANGAN VILOYATI: Ramazon — mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik oyi
  • 18.02.2026
  • 23

"Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali jamoasi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan filialning kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan hamda nafaqadagi xodimlari holidan xabar olindi. Ularning xonadonlariga tashrif buyurilib, Ramazon sovg‘alari va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Xayriya aksiyasi davomida nuroniylar hamda ko‘p yillik samarali mehnat qilgan faxriy ustozlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning sog‘ligi va turmush sharoiti bilan yaqindan tanishildi, ezgu tilaklar bildirildi. Ularning fidokorona xizmatlari e’tirof etilib, bugungi kunda ham jamoa e’tiborida ekanliklari alohida ta’kidlandi.

Bunday xayrli ishlar jamoada o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda Ramazon oyining yuksak ma’naviy qadriyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot