2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yoshlar siyosati
ANDIJON VILOYATI: «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filialida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi
  • 26.02.2026
  • 16

Bugun, 26-fevral, payshanba kuni «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filialida,"Yoshlar kuni" doirasida, Filial direktori Obidov Baxtiyor Tohirovich ishtirokida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talaba-yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi yosh avlodga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot