

Kecha, 2026-yil 26-fevral kuni Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha «Energo-IT» filialida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Davra suhbati tarzida o’tgan tadbirda quyidagi masalalar atroflicha muhokama etildi:
✅ Korrupsiya — bu nafaqat davlat boshqaruvi tizimini yemiruvchi, balki jamiyatning maʼnaviy va iqtisodiy asoslariga bolta uruvchi xavfli illatdir. Unga qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qilish organlarining ishi emas, balki har bir fuqaroning burchidir.
✅ Tizimli tahlil: Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sohada korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Aniqlangan kamchiliklar va ularni keltirib chiqaruvchi omillar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
✅ "Korrupsiyasiz soha" loyihasi: Energetika sohasida inson omilini kamaytirish maqsadida xizmatlarni to‘liq raqamlashtirish va masofaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.
✅ Komplayens-nazorat tizimi: Tashkilotda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tizimining ishlash samaradorligini oshirish, "manfaatlar to‘qnashuvi"ga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha xodimlarga qatʼiy ko‘rsatmalar berildi.
✅ Muhokama va takliflar: Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi kurashish faqat huquq-tartibot organlarining ishi emas, balki har bir xodimning vijdon ishi bo‘lishi kerakligini taʼkidladilar.
Xususan,
► Xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlashda ochiq tanlov tizimini kuchaytirish;
► Korrupsiya haqida xabar berish imkonini beruvchi "Ishonch telefonlari" va botlar faoliyatini faollashtirish;
► Xodimlar orasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazish.
Ma’lumot o‘rnida: «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5641. Shu bilan birga, alohida telegram kanal va uning bot (muhokama) guruhi ochilgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati