

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 91-sonli qarori asosida 110/35/10 kV kuchlanishli “Sag‘bon” podstansiyasida modernizatsiya ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
▪️Amaldagi transformator belgilangan tartibda boshqa joyga surildi;
▪️Yangi transformatorni o‘rnatish uchun maxsus portallar tayyor holatga keltirildi;
▪️Hozirda yangi transformatorni o‘rnatish uchun joy tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Mazkur modernizatsiya ishlari elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish hamda iste’molchilarni barqaror energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!