

2026-yil fevral oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari ishlab chiqargan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 203 foizga ko‘p
Xususan, joriy yilning fevral oyida yurtimizdagi yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 371 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyalari tomonidan esa 444 mln kVt⋅soat, jami 815 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 413 mln kVt⋅soat yoki 203 foizga ko‘pni tashkil etdi.
Ma'lumot uchun: 2025-yil fevral oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 401 mln kVt⋅soat (quyosh — 265 mln kVt⋅soat, shamol — 136 mln kVt⋅soat) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/19268
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati