

Fillial direktori Rasulov Anvar G‘aniyevich filialda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslar hamda haftaning har payshanba kuni tashkil etilayotgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yosh mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, elektr energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, kasbiy rivojlanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Filial direktori tomonidan yoshlarning savollariga batafsil javob berilib, ularning tashabbus va g‘oyalari qo‘llab-quvvatlandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!