

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan elektr tarmoqlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida hududlardagi podstansiyalarda muntazam texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.
⚙️ 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida ham quvvati 250 MVA bo‘lgan avtotransformatorda aniqlangan texnik nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan 10 kV chiqish qismidagi qurilmasida yuzaga kelgan moy sizib chiqish holati to‘liq o‘rganilib, maxsus ta’mirlash ishlari bajarildi.
⚙️ Ta’mirlash jarayonida nosoz bo‘lgan elementlar tekshirilib, texnik sozlash ishlari amalga oshirildi, natijada moy sizishi to‘liq bartaraf etildi hamda avtotransformatorning ishonchli ishlashi ta’minlandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!