

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilingani ushbu yo‘nalishdagi qat’iy va izchil islohotlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Mazkur jarayonda, xususan, davlat organlari va tashkilotlarida komplayens nazoratini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, 117 ta ichki nazorat bo‘linmasi rahbarlari to‘liq yangilandi.
Ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan 27 815 ta o‘rganish natijasida 2,0 trln so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.
Ularning o‘z tashabbusiga ko‘ra o‘tkazgan 2532 ta xizmat tekshiruvi asosida 344 ta jinoiy va 493 ta maʼmuriy, 2 793 ta intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Batafsil infografikada.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Manba: https://t.me/antikor_uzb/4505
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati