

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli “Qizilravot” podstansiyasida rejali texnik xizmat ko‘rsatish ishlari muvaffaqiyatli bajarildi.
⚙️ Xususan, 110 kV kuchlanishli “Suvchi-2” yacheykasi ajratkichlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu ishlar davomida uskunalarning texnik holati to‘liq ko‘zdan kechirilib, zarur ehtiyot qismlar soz holatga keltirildi va ishlash samaradorligi oshirildi.
✅ Bunday rejali profilaktik tadbirlar elektr ta’minotining ishonchliligini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga barqaror va sifatli elektr energiyasi yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!