2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: Magistral elektr tarmoqlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda
  • 01.04.2026
  • 11

#malaka_oshirish

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining yuqori kuchlanishli (35-110-220-500 kV) elektr tarmoqlari podstansiyalarining elektr qurilmalariga tezkor xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari uchun maxsus 10 kunlik malaka oshirish kurslari olib borilmoqda.

Shuningdek, jamiyat tomonidan 2026-yil davomida xodimlarning kasbiy mahoratini yanada yuksaltirishga qaratilgan qator tadbirlar rejalashtirilgan. 

Xususan, xodimlar mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari, 220-500 kV kuchlanishli podstansiyalardagi elektr qurilmalarining rele himoyasi hamda avtomatika panellarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha o‘z tajribalarini boyitadilar.

Shu bilan birga, 220 kVli elektr uskunalarida tezkor qo‘shib-o‘chirish amaliyotlarini bajarish hamda transformatorlar va akkumulyatorlardan to‘g‘ri foydalanish kabi muhim yo‘nalishlarda ham xodimlarning malakasini oshirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur o‘quv dasturi yakunida ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari baholanib, muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassislarga tegishli sertifikatlar topshiriladi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/19536

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati